Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Paragvay Prezidentini kutib olish marosimi bo‘ldi

Dekabr 11, 2025. 17:38 • 54 soniya

• 227
Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Paragvay Prezidentini kutib olish marosimi bo‘ldi

TOSHKENT, 11-dekabr. /“Dunyo” AA/. Bugun Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Paragvay Prezidenti Santyago Penyani kutib olish marosimi bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston bilan Paragvay o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va kimyo sanoati, raqamlashtirish, turizm hamda sport sohalarida amaliy sheriklikni o‘rnatishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Paragvay yetakchisi, shuningdek, Xalqaro avtomobil federatsiyasi Bosh assambleyasida va federatsiya shafeligida o‘tkaziladigan musobaqalar g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish