Logo

O‘zbekiston vakillari Netaniyadagi xalqaro o‘quv kursida ishtirok etdi

Noyabr 17, 2025. 22:05 • 53 soniya

77
O‘zbekiston vakillari Netaniyadagi xalqaro o‘quv kursida ishtirok etdi

TEL-AVIV, 29-noyabr. /“Dunyo” AA/. Isroilning Netaniya shahridagi Hamkorlik va taraqqiyot markazida “Jamiyat va xavfsizlik” mavzusida uch haftalik xalqaro o‘quv kursi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur xalqaro tadbir Ozarbayjon, Gruziya, Ukraina, Moldova, Qozog‘iston va O‘zbekiston vakillarini bir joyda jamladi. Unda mamlakatimiz nomidan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining Samarqand filiali tinglovchilari va o‘qituvchilari qatnashdi.

Ishtirokchilar inqirozli vaziyatlarni boshqarishda zamonaviy yondashuvlar, jamoalar holatini baholash vositalari, birinchi psixologik yordam modellari, favqulodda tahdidlar yuzaga kelganda ko‘riladigan tizimli chora-tadbirlar haqida tajriba oshirishdi. Mashg‘ulotlar ekspertlarning maʼruzalari, amaliy seminar va tajriba almashish shaklida o‘tkazildi.

Dasturning muhim qismi mamlakat bo‘ylab o‘quv safari bo‘ldi. Unda delegatsiyalar Tel-Aviv okrugi politsiya bo‘limlari, jazoni ijro etish muassasalari, Isroil Oliy sudi hamda “Magen” qutqaruv operatsiyalari va favqulodda vaziyatlarda harakat qilish markaziga tashrif buyurdi. U yerda favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va qutqaruv operatsiyalari bo‘yicha innovatsion tayyorgarlik tizimi taqdim etildi.

Kurs yakunida O‘zbekiston elchixonasi vakillari ishtirokida diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish