Umra safariga ketayotgan chog'ida salomatligi yomonlashgan hamyurtlarimizga Bosh konsullik tomonidan amaliy ko'mak ko'rsatildi
Oktabr 08, 2023. 13:49 • 57 soniya
• 284
DUBAY, 8-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Dubay shahridagi Bosh konsulligi xodimlari "Telegram" ijtimoiy tarmog'i orqali ikki nafar keksa yoshdagi mamlakatimiz fuqarosi Umra safariga ketayotgan chog'ida "Sharja" xalqaro aeroportining tranzit yo'lovchilar hududida sog'ligi yomonlashib qolgani va Sharja amirligining "Al Qosimiya" shifoxonasiga shoshilinch tarzda olib borilganligidan voqif bo'lishdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.


Ma'lum bo'lishicha, yurtdoshlarimiz joriy yil 26 sentyabr kuni Umra safarini bajarish uchun "Madina Muslim Tours" xususiy sayyohlik shirkati orqali "Namangan–Sharja–Madina–Sharja–Namangan" yo'nalishi bo'yicha havo qatnoviga chipta olishgan, ularga shirkat tomonidan mas'ul bo'lgan vakil - "Ellik boshi" tomonidan lozim darajada e'tibor ko'rsatilmagan.
Hamyurtlarimiz Vatanga qaytishlari uchun ular amaliy yordamga, moddiy ko'makka muhtoj edilar.
Bosh konsulxona xodimlari qiyin ahvolda qolgan keksa yoshdagi hamyurtlarimizga konsullik-huquqiy yordam berish va ularni Vatanga qaytarish maqsadida "Al Qosimiya" shifoxonasi mas'ullari hamda Sharja xalqaro aeroportining huquqni muhofaza qiluvchi idoralari mas'ul xodimlari bilan muzokaralar o'tkazishdi. Buning natijasi o'laroq, mamlakatimiz fuqarolariga shifoxonaga to'lanishi lozim bo'lgan 4400 AQSH dollaridan voz kechish va Shardja–Toshkent yo'nalishi bo'yicha bepul aviachipta bilan ta'minlash bo'yicha kelishuvga erishildi. Shu tariqa hamyurtlarimiz Vatanga qaytarildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston va Iordaniya ta'lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko'tarmoqda
Hindistondagi vatandoshimizga «Xalqlar do'stligi» ko'krak nishoni topshirildi