Misr kompaniyasi o‘zbekistonlik hamkorlar bilan mudofaa sanoati sohasida hamkorlik qilishdan manfaatdor

Oktabr 09, 2026. 12:00 • 55 soniya

• 12
Misr kompaniyasi o‘zbekistonlik hamkorlar bilan mudofaa sanoati sohasida hamkorlik qilishdan manfaatdor

QOHIRA, 9-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston diplomatlari Misrning “International Agencies & Trading Co.” (INTATCO) kompaniyasi bosh direktori Mohammed Al-Sisi bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida Mohammed Al-Sisi so‘nggi yillarda O‘zbekistonda mudofaa sanoatini rivojlantirish va mustahkamlash borasida salmoqli yutuqlarga erishilganini qayd etdi. 

Shuningdek, u malakali o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar hamda misrlik hamkorlar o‘rtasida barqaror hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

“INTATCO” kompaniyasi 1993-yilda tashkil etilgan bo‘lib, xalqaro ishlab chiqaruvchilarning manfaatlarini ilgari surish, shuningdek, Misrning mudofaa, davlat va sanoat sektorlarida ishbilarmonlik imkoniyatlarini kengaytirishga ixtisoslashgan. Kompaniya Misr davlat idoralari bilan ko‘p yillik hamkorlik tajribasiga ega bo‘lib, xorijiy kompaniyalarning Misr bozoriga muvaffaqiyatli kirib borishiga yaqindan ko‘maklashib keladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish