Polsha va O'zbekiston o'rtasidagi akademik hamkorlik faollashmoqda
May 26, 2024. 14:16 • 30 soniya
• 476
VARSHAVA, 26-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi vakillari Varshava moliya va biznes akademiyasi (Vistula universiteti) rektori Vavjines Konarski bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot davomida mamlakatimiz oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda o'zbekistonlik talabalarning akademiyada amaliyot o'tashini tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.
Bundan tashqari, Vistula universitetda tahsil olayotgan vatandoshlar bilan bog'liq vaziyatga alohida to'xtalib o'tildi. Diplomatik vakolatxona tomonidan universitetda tahsil olayotgan hamyurtlarga qaratilayotgan e'tibor alohida ta'kidlandi.
Uchrashuv yakunida O'zbekiston oliy o'quv yurtlari bilan akademik aloqalar o'rnatish hamda qo'shma tadbirlar o'tkazishga qiziqish bildirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Berlinda "O'zbekiston-Germaniya universitetlari birinchi forumi" o'tkazildi
O'zDJTU delegatsiyasi Agradagi universitetga tashrif buyurdi
Farg'ona viloyati maktab o'qituvchilari Yaponiya ta'lim tajribasini o'rgandi