Logo

Buyuk Britaniyaning yetakchi oliy ta'lim tashkiloti bilan hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyiladi

Oktabr 26, 2025. 11:13 • 48 soniya

38
Buyuk Britaniyaning yetakchi oliy ta'lim tashkiloti bilan hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyiladi

LONDON, 26-oktabr. /"Dunyo" AA/. Oʻzbekiston elchixonasida Britaniyaning "Advance HE" tashkiloti bosh direktori Alistair Jarvis bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvda "Advance HE" tashkiloti bilan oliy ta'lim sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, xususan ta'lim sifatini baholashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat avvalida Alistair Jarvis Oʻzbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan samarali islohotlarni e'tirof etdi. Uning aytishicha, "Advance HE" Oʻzbekiston universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, ilmiy-ta'lim sohasida tajriba almashish hamda akademik yetakchilik va ta'lim sifatini baholashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish boʻyicha ikki tomonlama manfaatli hamkorlikka tayyor.

"Advance HE" oliy ta'lim sohasida faoliyat yurituvchi, Buyuk Britaniyada roʻyxatdan oʻtgan mustaqil tashkilot boʻlib, uning faoliyati universitetlar va oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifati, yetakchilik va inklyuzivlikni rivojlantirishga qaratilgan.

"Advance HE" 2018-yilda uchta yirik tashkilot – "Higher Education Academy", "Leadership Foundation for Higher Education" va "Equality Challenge Unit" birlashishi natijasida tuzilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish