O'zbekiston va Hindiston universitetlari jurnalistika sohasida zamonaviy kadrlar tayyorlashga qaratilgan hamkorlikni faollashtirmoqda
Oktabr 28, 2025. 19:42 • 2 daq
• 279
DEHLI, 28-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida (O'zJOKU) Hindistonning MERI Institutlar guruhi delegatsiyasi bilan muzokaralar bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda o'zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
So'nggi yillarda O'zbekiston va Hindiston o'rtasida oliy ta'lim sohasidagi hamkorlik faol rivojlanmoqda. Bu zamonaviy kadrlar, shu jumladan, jurnalistika sohasidagi malakali mutaxassislarni tayyorlashda o'zaro hamkorlik muhimligini namoyon etmoqda.
Ikki oliy ta'lim muassasasi o'rtasida yo'lga qo'yilgan hamkorlik joriy yil bahorida O'zJOKU delegatsiyasining Hindistonga tashrifi chog'ida Anglashuv memorandumi imzolanishi bilan boshlangan edi.
Ushbu hujjat strategik ahamiyatga ega bo'lib, keng ko'lamli qo'shma faoliyatni nazarda tutadi. Hamkorlik talabalar va professor-o'qituvchilar almashinuvi, qo'shma ta'lim dasturlarini ishlab chiqish, ikki tomonlama (dual) diplomlar berish, seminarlar, konferensiyalar tashkil etish, istiqbolli yo'nalishlarda ilmiy tadqiqotlar o'tkazish va boshqa muhim jihatlarni qamrab olgan.
Muzokaralar chog'ida tomonlar avval erishilgan o'zaro kelishuvlarni hayotga tadbiq etish bo'yicha chora-tadbirlarni muhokama qildi. Xususan, talaba-jurnalistlar uchun qo'shma ma'ruzalar tashkil etish, ixtisoslashgan onlayn kurslar o'tkazish, talabalar va o'qituvchilar almashinuvi va ikki tomonlama hamkorlikning boshqa amaliy jihatlari ko'rib chiqildi.
O'zJOKU uchun tarkibiga Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar kolleji kiruvchi MERI Institutlar guruhi bilan hamkorlikning ahamiyati yuqoridir, chunki Hindiston kolleji nazariy bilimlar va amaliyotning uyg'unligiga katta e'tibor qaratadi. MERI kolleji talabalari uchun zamonaviy ta'lim sharoitlari, shu jumladan, televideniye va radio sohasida materiallar tayyorlash uchun qulay imkoniyatlar yaratilgan hamda bo'lajak jurnalistlarning aksariyati mamlakatning yetakchi ommaviy axborot vositalari bilan yaqin hamkorlik qiladi.
O'zbekiston va Hindistonning jurnalistika ta'limi sohasidagi hamkorligi yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga va o'zaro aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Berlinda "O'zbekiston-Germaniya universitetlari birinchi forumi" o'tkazildi
O'zDJTU delegatsiyasi Agradagi universitetga tashrif buyurdi
Farg'ona viloyati maktab o'qituvchilari Yaponiya ta'lim tajribasini o'rgandi
O'zbekistonlik bir guruh professor-o'qituvchilar Malayziyada malaka oshirdi