"El-yurt umidi" jamg'armasi Buyuk Britaniyaning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikni yanada kengaytiradi
May 05, 2025. 09:53 • 33 soniya
• 106
LONDON, 5-may. /"Dunyo" AA/. Buyuk Britaniyaning Uorvik universiteti va mamlakatimizning "El-yurt umidi" jamg'armasi mas'ullari o'rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari va o'zaro manfaatli munosabatlarni kengaytirish masalalari bo'yicha fikr almashildi.
Uorvik universiteti mas'ullariga "El-yurt umidi" jamg'armasi faoliyati, nomzodlar uchun mavjud talablar va tanlovlar to'g'risida so'zlab berildi.
Uchrashuv yakunida ta'lim yo'nalishlarida hamkorlik aloqalarini faollashtirishga kelishib olindi.
Uorvik universiteti 1965-yilda tashkil etilgan. Mazkur oliy ta'lim muassasasi "QS World University Rankings" xalqaro reytingida 69-o'rinda qayd etilgan. Hozirgi kunda ushbu universitetda "El-yurt umidi" jamg'armasining 10 nafar iqtidorli stipendiatlari tahsil olmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Berlinda "O'zbekiston-Germaniya universitetlari birinchi forumi" o'tkazildi
O'zDJTU delegatsiyasi Agradagi universitetga tashrif buyurdi
Farg'ona viloyati maktab o'qituvchilari Yaponiya ta'lim tajribasini o'rgandi