Logo

O'zbekistonda yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari Polshada keng targ'ib qilinadi

Oktabr 25, 2024. 12:38 • 38 soniya

163
O'zbekistonda yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari Polshada keng targ'ib qilinadi

TOSHKENT, 26-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston diplomatlari Polshaning "World Food Poland" kompaniyasi rahbari Agniyeshka Shpadarska bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida O'zbekistonda yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlarini Polshada keng targ'ib qilish, eksportini kengaytirish, o'zbek kompaniyalarining xalqaro ko'rgazmalarda ishtirokini ishlab chiqish va boshqa masalalar muhokama qilindi.


Agniyeshka Shpadarska O'zbekiston kompaniyalarini 2025-yil 8-10-aprel kunlari Varshavada bo'lib o'tadigan xalqaro oziq-ovqat ko'rgazmasida milliy stend bilan ishtirok etishga taklif qildi.


Qayd etilishicha, mazkur ko'rgazma oziq-ovqat sanoati ishtirokchilari o'rtasida tajriba almashish, eksport shartnomalarini tuzish va yangi savdo sheriklarini topish uchun muhim maydon hisoblanadi.


Muloqot yakunida bildirilgan takliflarni O'zbekistonning tegishli tashkilotlari vakillari ishtirokida muhokama qilish uchun alohida uchrashuv tashkil etishga kelishib olindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish