Toshkentda "Eron–O'zbekiston" parlamentlararo guruhi doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Sentabr 29, 2025. 17:14 • 2 daq
• 305
TOSHKENT, 29-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Eron islomiy kengash majlisi deputati va "Eron–O'zbekiston" parlamentlararo do'stlik guruhi raisi Javad Nikbin bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Parlament yuqori palatasi matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Javad Nikbin O'zbekistonda so'nggi yillardagi ijobiy o'zgarishlar, keng ko'lamli islohotlar, Prezidentimizning xalqaro maydondagi oqilona siyosati tufayli mintaqamizdagi do'stona muhit rivojlanayotganligi alohida e'tirof etdi.
Shuningdek, tomonlar ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va sa'y-harakatlari asosida so'nggi yillarda O'zbekiston va Eron o'rtasida ko'p qirrali hamkorlik munosabatlari jadal rivojlanib, yangi bosqichga ko'tarilgani alohida ta'kidladi.
Ikki mamlakat o'rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yana-da faollashtirish va parlamentlararo aloqalarni mustahkamlashga alohida e'tibor qaratildi. So'nggi yillarda parlamentlararo aloqalar faollashgani, parlament rahbarlarining muntazam muloqoti va o'zaro tashriflari ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilayotgani ta'kidlandi.
Uchrashuvda xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish hamda mazkur sohalarda davlat rahbarlari va hukumatlar o'rtasida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishini qat'iy parlament nazoratiga olish muhimligi ta'kidlandi.
Shu bilan birga, Eron bilan tibbiyot, nanotexnologiya yo'nalishlarida tajriba almashish, O'zbekistonning dengizga chiqishi yo'lida Eron portlaridan foydalanish imkoniyatlari haqida ham fikr almashildi.
O'zbekiston va Eron viloyatlari o'rtasida madaniy-gumanitar, iqtisodiy-ijtimoiy yo'nalishlarda hududlararo aloqalarni yo'lga quyish masalalari ham muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida istiqboldagi rejalar va loyihalarni hayotga tatbiq etishda hamkorlik rishtalarini yana-da mustahkamlashga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Senatda Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Vengriya parlamentlari o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi
Oliy Majlis Senati raisi Vengriya Prezidenti bilan uchrashdi