Logo

Oliy Majlis Senati raisi Vengriya Prezidenti bilan uchrashdi

Dekabr 04, 2025. 18:06 • 49 soniya

118
Oliy Majlis Senati raisi Vengriya Prezidenti bilan uchrashdi

BUDAPESHT, 4-dekabr. /“Dunyo” AA/. Vengriyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Vengriya Prezidenti Tamash Shuyok bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, muloqot avvalida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning so‘nggi yillarda sezilarli jadallashgani hamda o‘zaro ishonch va do‘stona munosabatlar strategik sheriklik darajasigacha ko‘tarilgani taʼkidlandi.

Ikki mamlakat xalqlarini bir-biriga bog‘lab turuvchi tarixiy, anʼanaviy va madaniy qadriyatlarning mushtarakligi avlodlararo aloqalarni rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.

Shuningdek, tomonlar iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, hududlararo hamda mamlakat ishbilarmon doiralari orasidagi savdo aloqalarini yana-da rivojlantirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratdi.

Muloqot chog‘ida 2026 yil – O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida madaniyat, fan va innovatsiyalar yili, deb eʼlon qilingani qayd etilib, tomonlar ikki davlatda qator yirik tadbirlarni o‘tkazish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Shu bilan birga, parlamentlararo munosabatlarni izchil rivojlantirib borish hamda davlat rahbarlari darajasida erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Dildora Azimova

dildora@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish