O‘zbekiston va Vengriya parlamentlari o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi
Dekabr 04, 2025. 18:42 • 54 soniya
• 102
BUDAPESHT, 4-dekabr. /“Dunyo”AA/. Budapesht shahrida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Vengriya Milliy Assambleyasi o‘rtasida muhim hujjat – Anglashuv memorandumi imzolandi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, ushbu hujjat ikki davlat parlamentlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, o‘zaro ishonch va manfaatli sheriklikka asoslangan hamkorlikni yana-da rivojlantirishga qaratilgan.
Hujjatga muvofiq ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlik institutsional jihatdan mustahkamlanadi. Shu bilan birga, ikki tomonlama munosabatlarni izchil va samarali rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.
Xususan, konstitutsiyaviy islohotlar va qonun ijodkorligi jarayoni bo‘yicha tajriba almashish, parlament va fuqarolar o‘rtasidagi muloqotni takomillashtirish, parlament qo‘mitalari o‘rtasida doimiy maslahatlashuvlar o‘tkazish, do‘stlik guruhlari faoliyatini kengaytirish hamda parlament devonlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni chuqurlashtirish yo‘nalishlarida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, parlament delegatsiyalarining tashriflari tenglik va o‘zaro manfaatlar tamoyillari asosida amalga oshirilishi qayd etildi. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari ham nazarda tutilmoqda.
Anglashuv memorandumi O‘zbekiston va Vengriya parlamentlari o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga hamda ikki mamlakat xalqlari manfaatlari yo‘lida amaliy natijalarga erishishga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oliy Majlis Senati raisi Vengriya Prezidenti bilan uchrashdi
Germaniya Bundestagi qo'mitasi delegatsiyasi amaliy tashrif bilan O'zbekistonda bo'ldi