Logo

Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari va Janubiy Koreya parlamentlari rahbarlarining III yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

Dekabr 16, 2025. 12:54 • 59 soniya

200

TOSHKENT, 16-dekabr. /“Dunyo” AA/Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar qiladi “Dunyo” AA muxbiri.

Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi Spikeri U Von Sik, Qozog‘iston parlamenti Majilisi raisi Yerlan Koshanov, Tojikiston Majlisi Oli Majlisi Namoyandagon Raisi o‘rinbosari Aziz Kodir Giyozoda, Qirg‘iziston elchisi Duyshonqul Chotonov va Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchixonasi Muvaqqat ishlar bo‘yicha vakili Sapa Annaorazov ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva yalpi majlisda so‘zlagan nutqida mazkur uchrashuv Markaziy Osiyo mintaqasida shakllanib borayotgan yangi siyosiy dinamika, parlamentlararo ishonch va muloqotning mustahkamlanishida muhim o‘rin tutishini taʼkidladi.

So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida oliy darajadagi muloqotlar tizimli tus olib, mintaqaning jahon maydonidagi o‘rni mustahkamlanib borayotgani, parlamentlararo hamkorlik esa bu jarayonning muhim poydevori sifatida shakllanib kelayotgani qayd etildi.

Yalpi majlisda so‘zga chiqqan delegatsiya rahbarlari muntazam davom etayotgan uchrashuvlarining ahamiyatini taʼkidlab, mazkur format Markaziy Osiyo va Janubiy Koreyani bog‘laydigan muhim muloqot maydoniga aylanganiga eʼtibor qaratdi.

Markaziy Osiyo davlatlari va Janubiy Koreya parlamentlari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish