Parlament yuqori palatasida Turkiya mehnat va ijtimoiy himoya vaziri bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
May 08, 2025. 09:39 • 51 soniya
• 62
TOSHKENT, 8-may. /"Dunyo" AA/. Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva kecha Turkiya mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Vedat Ishikxan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Parlament yuqori palatasi ma'lumotiga ko'ra, suhbat chog'ida O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari barcha yo'nalishlarda, shu jumladan, mehnat, ijtimoiy himoya, ta'lim, savdo, investitsiya va parlamentlararo hamkorlik sohalarida izchil rivojlanayotgani qayd etildi.
Parlamentlararo munosabatlar xususida so'z yuritilar ekan, so'nggi yillarda parlamentlar o'rtasidagi muntazam muloqot va o'zaro tashriflar faollashgani alohida e'tirof etildi. Tashriflar doirasida hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan hujjatlar imzolangani va shu tariqa parlamentlararo aloqalar yangi, amaliy bosqichga olib chiqilgani qayd etildi.
Shuningdek, uchrashuvda mehnat muhofazasi, xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, aholini band qilish va kambag'allikni qisqartirish borasida hamkorlikni kuchaytirish, tajriba va axborot almashish hamda mazkur yo'nalishlarda qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo'yicha ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari o'rtasidagi sheriklikni yana-da chuqurlashtirish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Qatar parlament aʼzolari hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Senatda Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Vengriya parlamentlari o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi