O‘zbekiston va Qatar parlament aʼzolari hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Dekabr 17, 2025. 12:43 • 56 soniya
• 135
DOHA, 17-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston va Qatar hukumatlari vakillik idoralari Parlamentlararo do‘stlik guruhlari aʼzolarining onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati qo‘mita raisi, O‘zbekiston–Qatar Parlamentlararo do‘stlik guruhi rahbari Abdulhakim Eshmuratov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi Nodir Jumayev, Qatar Sho‘ro Kengashi qo‘mita aʼzosi, Kengashdagi Qatar–Osiyo parlament do‘stlik guruhi raisi Ahmad bin Hitmiy va boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Qatar parlamentlari o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. O‘zbekiston tomonidan parlamentlararo aloqalarni faollashtirish, do‘stlik guruhlari doirasida muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yish, qonunchilik sohasida tajriba almashish hamda o‘zaro manfaatli tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha qator takliflar bildirildi.
Xususan, tegishli qo‘mitalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, parlamentlararo muloqot orqali savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va ijtimoiy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Qatar tomoni O‘zbekistonning taklif va tashabbuslarini ijobiy qabul qilib, ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona va ishonchli munosabatlarni yanada mustahkamlashga ko‘maklashishga tayyorligini taʼkidladi.
Tomonlar parlamentlararo hamkorlikni izchil davom ettirish, o‘zaro tashriflarni amalga oshirish, kelgusida bu kabi onlayn va oflayn uchrashuvlarni muntazam tashkil etishga kelishib oldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Senatda Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Vengriya parlamentlari o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi
Oliy Majlis Senati raisi Vengriya Prezidenti bilan uchrashdi