Toshkentda O'zbekiston va Avstriya parlamentlararo hamkorligini faollashtirish masalalari muhokama qilindi
Iyun 18, 2025. 12:30 • 49 soniya
• 64
TOSHKENT, 18-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva kecha Avstriya Federal kengashi raisi Andrea Eder-Gitshtaler boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Parlament yuqori palatasi ma'lumotiga ko'ra, bu Avstriya parlamenti rahbariyatining O'zbekistonga ilk rasmiy tashrifidir. Tashrif ikki davlat parlamentlararo hamkorligini rivojlantirishda muhim bosqich bo'ldi.
Muzokaralar chog'ida parlamentlararo aloqalarni kengaytirish, ijtimoiy himoya sohasida tajriba almashish, turizmni rivojlantirish, hududlararo hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, barqaror rivojlanish, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va yoshlar siyosati kabi keng ko'lamli masalalar muhokama qilindi.
Senat raisi Tanzila Narbayeva ta'kidlaganidek, davlatimiz rahbarining qat'iy siyosiy irodasi tufayli mamlakatimizda parlament vakolatlari izchil kengayib, xotin-qizlarning siyosatdagi ishtiroki yangi bosqichga ko'tarilmoqda.
Suhbat davomida parlamentlararo hamkorlikni, shu jumladan xalqaro parlament tashkilotlari doirasida faollashtirishdan o'zaro manfaatdorlik bildirildi va qator aniq tashabbuslar ilgari surildi.
Parlamentlar va tegishli qo'mitalar rahbarlarining muntazam uchrashuvlarini o'tkazish, parlamentlararo do'stlik guruhlarining qo'shma harakatlar rejasini ishlab chiqish, hududlararo aloqalarni kengaytirish shular jumlasidandir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Qatar parlament aʼzolari hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Senatda Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Vengriya parlamentlari o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi