Senatda BMT vakili bilan global muammolarni hisobga olgan holda 2026–2030 yillarga mo'ljallangan hamkorlikning yangi "yo'l xaritasi"ni tayyorlash masalalari muhokama qilindi
Iyun 20, 2025. 14:47 • 2 daq
• 54
TOSHKENT, 20-iyun. /"Dunyo" AA/. Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasining Afg'oniston, Markaziy Osiyo, Pokiston va Erondagi mintaqaviy vakili Oliver Shtolpe bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Parlament yuqori palatasi matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, unda O'zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar yuksak baholanib, ushbu jarayonlarda BMT NJB mamlakatda amalga oshirilayotgan ishlarni to'liq qo'llab-quvvatlashini va har tomonlama ko'maklashishga tayyorligini ma'lum qildi.
Shuningdek, suhbat chog'ida korrupsiya va odam savdosiga qarshi kurashishda parlamentning roliga e'tibor qaratilib, bu o'z o'rnida xalqaro miqyosda tan olingan mustahkam qonunchilik tizimini shakllantirishga xizmat qilayotganligi ta'kidlandi. Shu bilan birga, O'zbekistonning bu boradagi tajribasi xalqaro darajada namuna bo'lishi mumkinligi e'tirof etildi.
O'zbekistonning odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish, unga oid jinoyatlarni aniqlash va aybdorlarni javobgarlikka tortish ishlari sezilarli darajada yaxshilanganligi, mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish borasidagi yutuqlari ta'kidlandi. Bu mamlakatning xalqaro reytinglardagi o'rni yaxshilanishida o'z hissasini qo'shayotgani qayd etildi.
Muloqot yakunida, tomonlar jinoyatchilikning oldini olishda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo'llash sohasidagi hamkorlikni faollashtirishga, shuningdek, global tahdidlar - raqamlashtirish, mehnat migratsiyasining kengayishi va boshqa ustuvor yo'nalishlarni hisobga olgan holda 2026-2030 yillarga mo'ljallangan hamkorlikning yangi "yo'l xaritasi"ni tayyorlashga kelishib oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Qatar parlament aʼzolari hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Senatda Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Vengriya parlamentlari o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi