O'zbekiston elchisi O'mon Bosh vazirining o'rinbosari bilan ikki tomonlama hamkorlikni jadallashtirish istiqbollarini muhokama qildi
Mart 29, 2024. 11:23 • 43 soniya
• 108
MASKAT, 29 -mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Abdusalom Xatamov O'mon Bosh vazirining mudofaa ishlari bo'yicha o'rinbosari Said Shixob bin Toriq Ol Said bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvda O'zbekiston va O'mon o'rtasidagi hamkorlikning holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
O'mon tomoniga O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, xorijiy mamlakatlar, xususan Ko'rfaz arab davlatlari bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma'lumot berildi.
Muloqotda ikki tomonlama aloqalarning rivojlanishiga muhim rol o'ynovchi to'g'ridan-to'g'ri havo qatnovlarini qayta tiklash masalalariga ham e'tibor qaratildi.
Said Shixob bin Toriq Ol Said O'zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan islohotlarni diqqat bilan kuzatib borayotganini va ularni yuqori baholashini ta'kidladi. O'mon Bosh vaziri o'rinbosari, shuningdek, O'zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan o'zaro hamkorlikka oid takliflarning amaliy ijrosini ta'minlashga ko'mak ko'rsatishga tayyorligini tasdiqladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari AQSH delegatsiyasi bilan uchrashdi
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Qirg'iziston Prezidenti tomonidan qabul qilindi
Kobulda birinchi O'zbekiston-Afg'oniston siyosiy maslahatlashuvlari bo'lib o'tdi