Logo

O'zbekiston Prezidenti Afg'oniston sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchini qabul qildi

Iyun 11, 2025. 20:33 • 57 soniya

67
O'zbekiston Prezidenti Afg'oniston sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchini qabul qildi

TOSHKENT, 11-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi tadbirlarida ishtirok etayotgan Afg'oniston sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziyni qabul qildi deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, suhbat avvalida vazir O'zbekiston yetakchisiga Afg'oniston rahbariyatining samimiy salomini yetkazdi.

Savdo-iqtisodiyot, transport-logistika, energetika va agrar sohalarda, shuningdek, geologiya-qidiruv va foydali qazilmalar borasidagi o'zaro manfaatli hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari ko'rib chiqildi.

Ishbilarmonlik aloqalari faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O'zaro tovar ayirboshlash hajmi, qo'shma korxonalar soni ortmoqda, ikki mamlakat kompaniyalari ishtirokida biznes tashriflari va ko'rgazmalar muntazam o'tkazilmoqda. Termiz shahrida Xalqaro savdo markazi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Joriy yilning may oyida Kobul va Mozori Sharif shaharlarida savdo uylari ochildi.

O'zbekiston rahbari iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini yana-da mustahkamlash muhimligini ta'kidladi.

Shuningdek, "Hayraton" sanoat markazini tez fursatda barpo etish, u yerda farmatsevtika, mebelsozlik, to'qimachilik mahsulotlari, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash quvvatlarini joylashtirish zarurligi ta'kidlandi.

Transafg'on temir yo'li va "Surxon - Puli-Xumri" elektr uzatish liniyasini qurish kabi yirik mintaqaviy infratuzilma loyihalari qo'llab-quvvatlandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish