Logo

O'zbekiston Prezidenti: Biz Falastin xalqi BMT rezolyutsiyalari bilan tasdiqlangan huquqqa, ya'ni o'zining mustaqil davlatini barpo etish huquqiga ega, degan qat'iy pozitsiyamizni yana bir bor bildiramiz

Avgust 29, 2025. 19:50 • 56 soniya

23
O'zbekiston Prezidenti: Biz Falastin xalqi BMT rezolyutsiyalari bilan tasdiqlangan huquqqa, ya'ni o'zining mustaqil davlatini barpo etish huquqiga ega, degan qat'iy pozitsiyamizni yana bir bor bildiramiz

TOSHKENT, 29-avgust. /"Dunyo" AA/. Bugun "Yangi O'zbekiston" bog'ida mamlakatimiz davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tmoqda, unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so'zladi, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri

Davlatimiz rahbari o'z ma'ruzasida global nizolar, xususan Afg'oniston va Falastin muammolariga alohida to'xtalib o'tdi.

 "Afg'oniston mintaqaviy va global xavfsizlikning muhim omili ekanidan kelib chiqib, ushbu mamlakatning hukumati bilan konstruktiv va amaliy hamkorlik olib borish zarur, deb bilamiz. Biz Falastin xalqi Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyutsiyalari bilan tasdiqlangan huquqqa, ya'ni o'zining mustaqil davlatini barpo etish huquqiga ega, degan qat'iy pozitsiyamizni yana bir bor bildiramiz", – dedi Prezident.

El-yurtimiz urush va ofatlar vaqtida og'ir vaziyatga tushib qolgan begunoh insonlarga doimo beg'araz yordam ko'rsatib kelgan.

Insonparvarlik an'analarimizga sodiq qolib, O'zbekistonga olib kelingan Falastin fuqarolariga mehmonlarimiz sifatida zarur ijtimoiy, moddiy va ma'naviy yordam ko'rsatish bo'yicha maxsus farmon qabul qilindi.

Prezidentimiz bag'rikeng, mehr-oqibatli xalqimiz ushbu farmonda ko'zda tutilgan chora-tadbirlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlab, ularni amalga oshirishda faol ishtirok etishiga ishonch bildirdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish