O'zbekiston Prezidenti Rossiya Hukumati Raisining o'rinbosarini qabul qildi
Iyun 10, 2025. 20:41 • 34 soniya
• 38
TOSHKENT, 10-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun to'rtinchi Toshkent investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Rossiya Hukumati Raisining o'rinbosari Aleksandr Novakni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, uchrashuv avvalida Aleksandr Novak O'zbekiston yetakchisiga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi hamda forum muvaffaqiyatli o'tayotgani bilan tabrikladi.
O'tgan yil may oyida O'zbekistonga davlat tashrifi va oliy darajadagi boshqa muloqotlar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko'rib chiqildi.
Energetika sohasidagi o'zaro manfaatli sheriklikni kengaytirish, neft-gaz tarmog'idagi qo'shma loyihalarni jadallashtirish, tinch atom sohasida hamkorlikni yana-da rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Yaponiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga keldi