Logo

O'zbekiston Prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

May 10, 2025. 10:10 • 24 soniya

283
O'zbekiston Prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

TOSHKENT, 10-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan Moskva shahriga amaliy tashrifi yakunlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston yetakchisi Ikkinchi jahon urushidagi G'alabaning 80 yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.

O'zbekiston va Rossiya yetakchilarining uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Tadbirlar yakunlangach, Prezidentimiz Toshkentga jo'nab ketdi. "Vnukovo" xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Rossiya rasmiylari kuzatib qo'ydi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish