Logo

O'zbekiston va Rossiya yetakchilari amaliy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

May 03, 2025. 15:49 • 51 soniya

275
O'zbekiston va Rossiya yetakchilari amaliy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 3-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun bo'lib o'tgan telefon orqali muloqotda mamlakatlarimiz o'rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qildilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Rossiya Prezidentining o'tgan yil may oyidagi O'zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish natijalari ko'rib chiqildi.


O'zaro tovar ayirboshlash sur'atini saqlab qolish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish, hududlar va biznes darajasidagi faol muloqotlarni davom ettirishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilish muhim ekani ta'kidlandi.


Shu ma'noda, Toshkent shahrida beshinchi "Innoprom. Markaziy Osiyo" xalqaro sanoat ko'rgazmasi doirasida bo'lib o'tgan ishbilarmonlik tadbirlarining samarali natijalari yuksak baholandi.


Gumanitar hamkorlik, eng avvalo, madaniyat, san'at, fan va ta'lim, sport va turizm sohalarida kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.


O'zbekiston va Rossiya yetakchilari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashib, bo'lajak uchrashuvlar rejasini muhokama qildilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish