Logo

O'zbekiston Prezidenti 24-25 iyun kunlari davlat tashrifi bilan Mo'g'ulistonda bo'ladi

Iyun 23, 2025. 15:30 • 37 soniya

543
O'zbekiston Prezidenti 24-25 iyun kunlari davlat tashrifi bilan Mo'g'ulistonda bo'ladi

TOSHKENT, 23-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mo'g'uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan 24-25-iyun kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo'ladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, tashrif dasturiga muvofiq, Ulan-Bator shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o'tkazilishi ko'zda tutilgan.

O'zbekiston bilan Mo'g'uliston o'rtasidagi do'stlik va amaliy hamkorlik munosabatlarini yana-da rivojlantirish masalalari ko'rib chiqiladi.

Tovar ayirboshlash hajmini oshirish va nomenklaturasini kengaytirish, sanoat tarmoqlari, qishloq xo'jaligi, konchilik, transport sohalari va boshqa ustuvor yo'nalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish e'tibor markazida bo'ladi.

Sammit yakunida kelishuvlar to'plami qabul qilinishi kutilmoqda.

O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish