O'zbekiston Prezidenti 26-27-iyun kunlari amaliy tashrif bilan Belarusda bo'ladi
Iyun 26, 2025. 12:19 • 26 soniya
• 568
TOSHKENT, 26-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 26-27-iyun kunlari amaliy tashrif bilan Minsk shahrida bo'ladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimiz yetakchisi matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston Prezidenti Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig'ilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etadi.
Sammit kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko'p tomonlama hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari o'rin olgan. Amaliy hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari ko'rib chiqiladi.
O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi