3-sentabr kuni O'zbekiston Prezidentining Xitoyga rasmiy tashrifi yakunlandi
Sentabr 03, 2025. 14:09 • 59 soniya
• 405
TOSHKENT, 3-sentabr. /"Dunyo" AA/. Bugun O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga rasmiy tashrifining tadbirlarga boy dasturi yakuniga yetdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston Prezidenti 31-avgust kuni rafiqasi bilan birga Tyanszin shahridagi "Meyszyan" kongress markazida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining norasmiy tadbirlarida ishtirok etdi.
O'zbekiston yetakchisi 1-sentabr kuni SHHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig'ilishi va "SHHT plyus" formatidagi uchrashuvda qatnashib, ko'p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda tashkilot faoliyatini takomillashtirish bo'yicha qator tashabbuslarni ilgari surdi.
2-sentabr kuni Pekin shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar bo'lib o'tdi. Uchrashuv yakunida amaliy hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to'plami imzolandi.
Shuningdek, Prezidentimiz Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Davlatimiz rahbari Xitoy Bosh vaziri Li Syan, xorijiy delegatsiyalar rahbarlari va ishbilarmon doiralar vakillari bilan ham samarali uchrashuvlar o'tkazdi.
O'zbekiston Prezidenti 3-sentabr kuni Pekin shahrida Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 80 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan G'alaba paradida ishtirok etdi.
Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlatimiz rahbari Toshkentga jo'nab ketdi. Oliy martabali mehmonlarni Xitoy rasmiylari kuzatib qo'ydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Yaponiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga keldi