O'zbekiston yetakchisi Janubiy Koreya Prezidentini ushbu lavozimga saylangani bilan tabrikladi va mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi
Iyun 04, 2025. 13:00 • 45 soniya
• 147
TOSHKENT, 4-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myonni ushbu lavozimga saylangani bilan tabrikladi va eng ezgu tilaklarini bildirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Davlatimiz rahbari o'z maktubida Li Chje Myon rahbarligida Koreya Respublikasining intellektual va iqtisodiy qudrati yana-da o'sishiga, xalqaro maydondagi obro'-e'tibori va nufuzi mustahkamlanishiga ishonch bildirdi", – deb yozdi O'zbekiston Prezidenti matbuot kotibi o'zining telegram kanalida.
"Biz Koreya Respublikasi bilan do'stona va keng qamrovli aloqalarni yangi bosqichga ko'tarishga alohida e'tibor qaratamiz. Aminmanki, Sizning Prezidentlik davringizda alohida strategik sheriklik munosabatlarimiz barcha ustuvor sohalarda jadal rivojlanadi", — deyiladi maktubda.
Prezidentimiz mamlakatlarimiz o'rtasidagi ko'p qirrali va uzoq muddatli munosabatlarni yana-da mustahkamlash maqsadida Li Chje Myonni o'ziga qulay vaqtda O'zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.
"Bloomberg news" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya Imperatori bilan uchrashdi
O‘zbekiston Prezidenti Yaponiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi