Logo

O'zbekiston yetakchisi telefon orqali muloqot chog'ida Qozog'iston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi

May 17, 2025. 12:45 • 41 soniya

146
O'zbekiston yetakchisi telefon orqali muloqot chog'ida Qozog'iston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi

TOSHKENT, 17-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun bo'lib o'tgan telefon orqali muloqotda Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, qardosh Qozog'iston xalqining farovonligi va ravnaqi yo'lidagi mas'uliyatli davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston bilan Qozog'iston o'rtasidagi yaxshi qo'shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Bo'lajak ikki tomonlama uchrashuvlar va ko'p tomonlama tadbirlar rejasi ko'rib chiqildi.

Savdo, sanoat kooperatsiyasi, samarali logistika, qishloq xo'jaligi, turizm, ta'lim, madaniy almashinuv kabi ustuvor yo'nalishlarni qamrab olgan ikki tomonlama amaliy hamkorlikning yangi kun tartibini shakllantirish borasidagi ishlarni davom ettirishga alohida e'tibor qaratildi.

O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish