Logo

O'zbekiston Prezidenti Ahmadobod shahri hududida yuz bergan aviahalokat oqibatida ko'plab insonlar halok bo'lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga hamdardlik bildirdi

Iyun 12, 2025. 17:10 • 50 soniya

47
O'zbekiston Prezidenti Ahmadobod shahri hududida yuz bergan aviahalokat oqibatida ko'plab insonlar halok bo'lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga hamdardlik bildirdi

TOSHKENT, 12-iyun. /"Dunyo"/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ahmadobod shahri hududida yuz bergan aviahalokat oqibatida ko'plab insonlar halok bo'lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga ta'ziya maktubi yo'lladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadovning telegram-kanalida e'lon qilingan ma'lumotga asoslanib.

"Davlatimiz rahbari qurbon bo'lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi, jarohat olganlar tez fursatda sog'ayib ketishini tiladi", – deyiladi xabarda.


Hindiston matbuotiga ko'ra, bortida 244 kishi bo'lgan "Air India" aviakompaniyasiga tegishli yo'lovchi samolyoti bugun Hindistonning Gujarat shtatidagi Ahmadobod shahri aeroportida havoga ko'tarilayotganda halokatga uchragan. "Boeing 787-8 Dreamliner" samolyoti "AI 171" reysi bilan Londonga uchayotgan edi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, samolyot bortida Hindiston, Buyuk Britaniya, Kanada va Portugaliya fuqarolari bo'lgan.

"Associated Press" olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish