O'zbekiston Prezidenti Kashmir hududida sodir bo'lgan terrorchilik harakati oqibatida ko'plab insonlar nobud bo'lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga ta'ziya bildirdi
Aprel 23, 2025. 10:00 • 46 soniya
• 95
TOSHKENT, 23-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kashmir hududida sodir bo'lgan terrorchilik harakati oqibatida ko'plab insonlar nobud bo'lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga ta'ziya yo'lladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Davlatimiz rahbari qurbonlarning oila a'zolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga samimiy hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda sog'ayib ketishini tiladi", – deb yozdi O'zbekiston Prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov o'zining telegram kanalida.
BBC ma'lumotiga ko'ra, 22-aprel kuni qurollangan shaxslar Kashmirning Hindiston qismida bir guruh sayyohlarga qarata o't ochgan. Halok bo'lganlar va yaralanganlarning aniq soni hozircha ma'lum emas. Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, 20 dan ortiq kishi halok bo'lgan hamda o'nlab odamlar yaralangan.
VVS saytidan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi