O'zbekiston yetakchisi Eron Prezidentiga Shahid-Rajoiy porti hududida ro'y bergan portlash oqibatida ko'plab insonlar qurbon bo'lgani va jiddiy jarohat olgani, talafotlar ko'rilgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Aprel 27, 2025. 14:59 • 44 soniya
• 134
TOSHKENT, 27 aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Eronning Bandar-Abbos shahridagi Shahid-Rajoiy porti hududida ro'y bergan portlash oqibatida ko'plab insonlar halok bo'lgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar ko'rilgani munosabati bilan Prezident Mas'ud Pezeshkiyonga ta'ziya maktubi yo'lladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bu haqda davlatimiz rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov o'zining telegram-kanalida yozdi.
"Davlatimiz rahbari vafot etganlarning yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jarohat olganlar tez fursatda shifo topishini tiladi", - deyiladi xabarda.
"The Associated Press" axborot agentligi ma'lumotiga ko'ra, 26 aprel kuni Eronning janubidagi Bandar-Abbos shahrida joylashgan Shahid- Rajoiy portida kuchli portlash yuz bergan. Natijada kamida 18 kishi halok bo'lgan va 800 dan ortiq odam jarohatlangan.
"IRNA News Agency"saytidan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi