Logo

O'zbekiston va Mo'g'uliston yetakchilari "Ix Tenger" davlat majmuasida daraxt ekdilar

Iyun 25, 2025. 12:50 • 24 soniya

48
O'zbekiston va Mo'g'uliston yetakchilari "Ix Tenger" davlat majmuasida daraxt ekdilar

TOSHKENT, 25-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo'g'uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqalari bilan birga "Ix Tenger" davlat majmuasi bog'ida daraxt ekdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, marosim ikki mamlakat xalqlari o'rtasidagi do'stlik tobora mustahkamlanib borayotgani, O'zbekiston-Mo'g'uliston keng qamrovli sheriklik munosabatlarining rivojlanishida yangi bosqich boshlanganining ramzi bo'ldi.

Tashrif davomida oliy martabali mehmonlar "Naadam" an'anaviy mo'g'ul bellashuvlarini tomosha qildilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish