Logo

O'zbekiston va Mo'g'uliston yetakchilari qo'shma konsertda ishtirok etdilar

Iyun 24, 2025. 22:28 • 29 soniya

90
O'zbekiston va Mo'g'uliston yetakchilari qo'shma konsertda ishtirok etdilar

TOSHKENT, 24-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo'g'uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqalari bilan birgalikda 24-iyun kuni ikki mamlakat san'at ustalarining konsertida ishtirok etdilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, bugun O'zbekiston va Mo'g'uliston yetakchilarining irodasi va sa'y-harakatlari tufayli xalqlarimiz yanada yaqinlashdi, davlatlararo munosabatlar keng qamrovli sheriklik darajasiga ko'tarildi.

Qo'shma konsert O'zbekiston–Mo'g'uliston do'stligi hamda ikki tomonlama ko'p qirrali munosabatlarda yangi bosqich boshlanganining navbatdagi ifodasi bo'ldi.

Iste'dodli san'atkorlar ijrosidagi kuy-qo'shiqlarda madaniyatlarimizning boyligi, rang-barangligi va o'ziga xosligi mujassam bo'ldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish