O'zbekiston va Slovakiya yetakchilari Strategik sheriklik munosabatlarini o'rnatish to'g'risidagi qo'shma deklaratsiyani imzoladilar
Iyun 09, 2025. 15:32 • 34 soniya
• 495
TOSHKENT, 9-iyun. /"Dunyo" AA/. Bugun Toshkent shahrida bo'lib o'tgan muzokaralar yakunida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso Strategik sheriklik munosabatlarini o'rnatish to'g'risidagi qo'shma deklaratsiyani imzoladilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, etakchilar huzurida ikki tomonlama hujjatlar, xususan:
- diplomatik kadrlar tayyorlash to'g'risida;
- qishloq xo'jaligi sohasidagi hamkorlik to'g'risida;
- standartlashtirish, metrologiya va tovarlarning muvofiqligini baholash sohasidagi hamkorlik to'g'risida;
- energetika bozorlarini tartibga solish sohasidagi hamkorlik to'g'risidagi bitimlar;
- 2025-2026-yillarga mo'ljallangan tashqi ishlar vazirliklari o'rtasidagi hamkorlik dasturi;
- 2025-2026-yillarga mo'ljallangan standartlashtirish sohasidagi hamkorlik dasturi almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi