O'zbekiston va Turkmaniston yetakchilari Samarqand shahridagi "Boqiy shahar" majmuasida bo'ldilar
Aprel 23, 2025. 21:09 • 27 soniya
• 141
TOSHKENT, 23-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda bugun "Silk Road Samarkand" xalqaro turizm markazidagi "Boqiy shahar" tarixiy-etnografik bog'i hududida tashkil etilgan madaniy tadbirlarda ishtirok etdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, oliy martabali mehmon xalqimizning boy madaniy merosini aks ettiruvchi ko'rgazmalar, hunarmandchilik va amaliy san'at namunalari bilan tanishdi. Raqs jamoalarining chiqishlaridan iborat madaniy dastur namoyish etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi