Logo

O'zbekiston Prezidentining Mo'g'ulistonga davlat tashrifi boshlandi

Iyun 24, 2025. 15:00 • 26 soniya

107
O'zbekiston Prezidentining Mo'g'ulistonga davlat tashrifi boshlandi

TOSHKENT, 24-iyun. /"Dunyo" AA/. Bugun O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Mo'g'uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston yetakchisining Mo'g'uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batseseg va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Ikki mamlakat bayroqlari bilan bezatilgan "Buyant-Uxaa" aeroportida oliy martabali mehmonlar sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, bugun oliy darajadagi O'zbekiston-Mo'g'uliston muzokaralari bo'lib o'tadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish