Turkman xalqining milliy yetakchisi Samarqandga keldi
Aprel 23, 2025. 17:44 • 27 soniya
• 60
TOSHKENT, 23-aprel. /"Dunyo" AA/. Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bugun tashrif bilan O'zbekistonga keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, tantanali ravishda ikki mamlakat bayroqlari bilan bezatilgan Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, ikki tomonlama uchrashuv o'tkazish va madaniy tadbirlarda birgalikda ishtirok etish ko'zda tutilgan.
Muzokaralarda O'zbekiston-Turkmaniston do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash masalalari ko'rib chiqiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi