"Ozarbayjon – Turkmaniston – O'zbekiston" sammiti yakunida muhim hujjatlar qabul qilindi
Avgust 22, 2025. 18:04 • 25 soniya
• 69
TOSHKENT, 22-avgust. /"Dunyo" AA/. Bugun bo'lib o'tgan muzokaralar yakunida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Qo'shma bayonot qabul qildilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, yetakchilar huzurida transport va logistika, kemasozlik va fuqaro aviatsiyasi sohalarida hamkorlik to'g'risida memorandumlar, Tovar-xomashyo birjalari o'rtasida hamkorlik to'g'risida bitim va boshqa hujjatlar imzolandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Yaponiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga keldi