Logo

O'zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Ozarbayjonga boshlangan davlat tashrifining tig'iz dasturi haqida ma'lumot berdi

Iyul 02, 2025. 16:22 • 47 soniya

103
O'zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Ozarbayjonga boshlangan davlat tashrifining tig'iz dasturi haqida ma'lumot berdi

TOSHKENT, 2-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov bugun davlatimiz rahbarining Ozarbayjonga uch kunlik davlat tashrifining tig'iz dasturi haqida ma'lumot berdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifini boshladi, – deyiladi xabarda. – Tashrif davomida davlatimiz rahbari Boku, Xonkendi, Shusha va Ag'dam shaharlarida bo'ladi.

Bugun ikki mamlakat yetakchilari Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig'ilishini o'tkazadilar, "O'zbekiston" bog'iga tamal toshi qo'yadilar va O'zbekistonning Bokudagi elchixonasi yangi binosini ochib beradilar.

Ertaga Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev muloqotni Ozarbayjonning Qorabog' tumanida davom ettirib, Xonkendidagi qo'shma tikuvchilik fabrikasi va Ag'dam shahridagi "Imorat" tarixiy-me'moriy majmuasi bilan tanishadilar.

Tashrifga tayyorgarlik doirasida sanoat kooperatsiyasi bo'yicha salmoqli kelishuvlar to'plami shakllantirilgan.

Tashrifning tadbirlarga boy dasturi 2024-yilda ittifoqchilik maqomini olgan O'zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarining misli ko'rilmagan yuksak darajaga chiqqanini ko'rsatadi hamda ikki davlat rahbarlarining avvalgi uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomidir".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish