Logo

Bolgariya Prezidenti 9-iyun kuni rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga keladi

Iyun 08, 2025. 16:09 • 33 soniya

175
Bolgariya Prezidenti 9-iyun kuni rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga keladi

TOSHKENT, 8-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Bolgariya Prezidenti Rumen Radev 9-11-iyun kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo'ladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, tashrif dasturiga muvofiq, ikki mamlakat yetakchilarining muzokaralari, rasmiy va ishbilarmonlik tadbirlari o'tkazilishi, qator ikki tomonlama bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan.

O'zbekiston va Bolgariya Prezidentlari o'zaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantirish, shu jumladan tovar ayirboshlash hajmini oshirish, agrosanoat majmui, farmatsevtika tarmog'i, konchilik, raqamlashtirish sohalarida kooperatsiyani yo'lga qo'yish, turizm va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish masalalarini ko'rib chiqadilar.

Bolgariya Prezidenti Rumen Radev IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish