Qirg'iziston Prezidenti davlat tashrifi bilan O'zbekistonga keldi
Iyul 18, 2024. 12:46 • 32 soniya
• 115
TOSHKENT, 18-iyul. /"Dunyo" AA/. Bugun O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg'iziston Prezidenti Sadir Japarov rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston yetakchisi matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Toshkent shahri xalqaro aeroportida ularni davlatimiz rahbari va rafiqasi kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko'tarilib, faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajada muzokaralar o'tkaziladi, ularda O'zbekiston-Qirg'iziston keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Sammit yakunida qator yirik qo'shma loyihalarni ishga tushirish va salmoqli ikki tomonlama hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Yaponiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga keldi