Rossiya Prezidenti O'zbekiston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot chog'ida Kremlda AQSh Prezidentining maxsus vakili bilan o'tkazilgan muzokaralarning asosiy natijalari haqida ma'lum qildi
Avgust 08, 2025. 15:49 • 51 soniya
• 34
TOSHKENT, 8-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, ikki tomonlama va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko'rib chiqildi.
Rossiya Prezidenti 6 avgust kuni Moskva shahrida AQSh Prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan o'tkazilgan muzokaralarning asosiy natijalari haqida ma'lum qildi.
Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O'zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning amaliy jihatlari ham muhokama qilindi.
O'zaro tovar ayirboshlash va investitsiya ko'rsatkichlarining o'sish sur'atini ta'minlash, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish, hududlar darajasida sermahsul aloqalar, ishbilarmonlik va gumanitar almashinuvlarni davom ettirishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilishga alohida e'tibor qaratildi.
O'zbekiston va Rossiya yetakchilari bo'lajak uchrashuv va tadbirlar rejasini ham ko'rib chiqdilar.
O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga keldi
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga jo‘nab ketdi