O'zbekiston Prezidenti: Ruhoniy Hazratlari konfessiyalararo do'stlikni mustahkamlash, butun jahonda muhtoj insonlarni qo'llab-quvvatlash va ezgu g'oyalarni keng targ'ib etish ishiga munosib hissa qo'shdi
Aprel 21, 2025. 16:18 • 34 soniya
• 98
TOSHKENT, 21-aprel. /"Dunyo"/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Rim Papasi Fransiskning vafoti munosabati bilan Rim-katolik cherkovi kamerlengosi kardinal Kevin Farrellga hamdardlik yo'lladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Davlatimiz rahbari o'z maktubida Ruhoniy Hazratlari O'zbekiston va Vatikan o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, dinlar va konfessiyalararo do'stlikni mustahkamlash, butun jahonda muhtoj insonlarni qo'llab-quvvatlash, ezgu g'oyalarni keng targ'ib etish ishiga munosib hissa qo'shganini ta'kidladi, – deb yozdi O'zbekiston Prezidenti matbuot kotibi o'zining telegram kanalida. – Prezidentimiz Vatikan xalqiga, yer yuzidagi butun katolik ahliga chuqur ta'ziya va hamdardlik tuyg'ularini izhor etdi".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi