O'zbekiston Prezidenti va Turkman xalqining milliy yetakchisi Samarqand shahrida muzokaralar o'tkazadi
Aprel 22, 2025. 20:18 • 30 soniya
• 154
TOSHKENT, 22-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 23-24-aprel kunlari tashrif bilan Samarqand shahrida bo'ladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, bo'lajak muzokaralar kun tartibidan O'zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko'p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda kengaytirish masalalari o'rin olgan.
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.
O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi