Logo

O'zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Ozarbayjonga jo'nab ketdi

Iyul 02, 2025. 11:23 • 27 soniya

456
O'zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Ozarbayjonga jo'nab ketdi

TOSHKENT, 2-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan bugun davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo'nab ketdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, tashrif dasturiga muvofiq, Boku shahrida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi majlisi va boshqa oliy darajadagi tadbirlar bo'lib o'tadi. O'zbekiston bilan Ozarbayjon o'rtasidagi do'stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da mustahkamlash masalalari ko'rib chiqiladi.

Mamlakatimiz yetakchisi Xonkendi shahrida o'tkaziladigan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ham ishtirok etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish