O'zbekiston Prezidenti Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev xotirasiga hurmat bajo keltirdi
Iyul 03, 2025. 14:31 • 40 soniya
• 468
TOSHKENT, 3-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifining ikkinchi kunida Boku shahrida Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev mangu qo'nim topgan Faxr xiyoboniga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston Prezidenti Haydar Aliyev qabriga gul qo'yib, Ozarbayjonning buyuk davlat va siyosat arbobi xotirasiga ehtirom ko'rsatdi.
Haydar Aliyev haqli ravishda mustaqil Ozarbayjonning asoschisi hisoblanadi. Uning rahbarligida mamlakatning jadal rivojlanishi va xalqaro maydondagi nufuzi yuksalishi uchun mustahkam poydevor yaratildi.
Uning davlat qurilishi va milliy suverenitetni mustahkamlashga qo'shgan hissasi Ozarbayjon tarixida alohida o'rin tutadi.
O'zbekistonda Haydar Aliyevni qardosh davlatlarimiz o'rtasidagi do'stlik aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlashga katta ahamiyat bergan davlat arbobi sifatida chuqur hurmat qilishadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Yaponiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga keldi