O'zbekiston Prezidenti Sankt-Peterburg bilan o'zaro manfaatli hududlararo hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi
Iyul 24, 2025. 19:39 • 30 soniya
• 83
TOSHKENT, 24-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Aleksandr Beglov davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog'lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat chog'ida O'zbekiston hududlarining Sankt-Peterburg shahri bilan ikki tomonlama amaliy hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko'rib chiqildi.
Savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, yangi kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirishga qaratilgan qo'shma chora-tadbirlarni qabul qilishga alohida e'tibor qaratildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga jo‘nab ketdi