Logo

O'zbekiston Prezidenti "Tashkent city"da barpo etilayotgan yangi binolarni ko'zdan kechirdi

Oktabr 14, 2023. 17:32 • 42 soniya

201
O'zbekiston Prezidenti "Tashkent city"da barpo etilayotgan yangi binolarni ko'zdan kechirdi

TOSHKЕNT, 14 oktyabr. /«Dunyo» AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun «Tashkent city»da qurilish jarayoni bilan tanishdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko'ra, mamlakatimizdagi o'zgarishlar bosh shahrimizda, ayniqsa, yaqqol namoyon. Bugungi kunda Toshkent – ulkan bunyodkorlik, zamonaviy biznes, ilm-fan va madaniyat markaziga aylandi. «Tashkent city»dagi muhtasham binolar shahar ko'rkiga ko'rk qo'shdi. Bu yerdagi Xalqaro kongress markazida ko'plab forum va anjumanlar bo'lib o'tgan. Kelgusida yana qator nufuzli sammitlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, shinamlik darajasi yuqori mehmonxonalar, konsert va opera teatri barpo etilmoqda. 

Davlatimiz rahbari ulardagi qurilish jarayoni bilan tanishdi. Ushbu majmua yurtimizda san’at rivojini yangi darajaga ko'tarish, madaniy tadbirlarni yuqori saviyada o'tkazishga xizmat qilishi qayd etildi.

Shuningdek, Prezident "Tashkent city" markazida qurilishi yakuniy bosqichda bo'lgan bir qator boshqa inshootlarni ham ko'zdan kechirdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish