O'zbekiston Prezidenti Germaniyaning yangi saylangan kanslerini tabrikladi
May 07, 2025. 18:24 • 42 soniya
• 88
TOSHKENT, 7-may. "Dunyo" AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Germaniya Federativ Respublikasi federal kansleri Fridrix Mersni ushbu lavozimga saylangani munosabati bilan tabrikladi va eng ezgu tilaklarini bildirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bu haqda O'zbekiston Prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov o'zining telegram kanalida yozdi.
Davlatimiz rahbari o'z maktubida kansler rahbarligidagi hukumatning boshqaruvi ostida Germaniya jahonning yetakchi demokratik va iqtisodiy rivojlangan mamlakati sifatida o'z mavqeini yana-da mustahkamlashda davom etishiga ishonch bildirdi.
O'zbekiston Yevropa Ittifoqidagi an'anaviy va vaqt sinovlaridan o'tgan hamda muhim hamkor bo'lgan Germaniya bilan ko'p qirrali hamda uzoq muddatli aloqalarni chuqurlashtirishga ustuvor ahamiyat qaratishi ta'kidlangan.
"Siz bilan birgalikdagi qat'iy sa'y-harakatlarimiz bilan "yashil" iqtisodiyot, investitsiyalar, infratuzilma, texnologiyalar, ta'lim, sog'liqni saqlash, ekologiya va boshqa ustuvor sohalardagi sherikligimiz jadal rivojlanib, kelgusida mutlaqo yangi bosqichga ko'tarilishiga aminman", – deyiladi Prezidentimiz maktubida.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi