O‘zbekiston Prezidenti telefon orqali muloqot chog‘ida Qirg‘iziston Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi
Dekabr 06, 2025. 13:27 • 2 daq
• 180
TOSHKENT, 6-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va qardosh Qirg‘iziston xalqiga bardavom ravnaq tiladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlikda erishilgan yutuqlar alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Barcha darajadagi aloqalar davom etmoqda. Tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmi barqaror o‘sib bormoqda. Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Faol madaniy-gumanitar va hududlararo almashinuvlar olib borilmoqda.
Yirik strategik loyihalar, jumladan, “O‘zbekiston - Qirg‘iziston – Xitoy” temir yo‘li va Qambarota GES-1 qurilishi doirasidagi ishlar davom etmoqda.
Yetakchilar mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.
O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi